XRUSTALTa’lim Platformasi Bosh sahifa
Farida Baxtiyorovna

Ustoz haqida

Farida Baxtiyorovna

Xrustal brendi asoschisi va taqinchoq yasash ustozi

Farida Baxtiyorovna nafis qo‘lda yasalgan taqinchoqlar ustasi. U o‘z tajribasini Xrustal Ta’lim Platformasida jamlab, ayollarga taqinchoq yasash hunarini noldan o‘rganish va uni o‘z ishiga aylantirishda yo‘l ko‘rsatadi.

“Nafislikni o‘rganing. Ijodingizni namoyon qiling.”

Kelinglar, tanishib olamiz!

Men — Farida Baxtiyorovna. Mana mening hikoyam:

Oila va hunar

2 ta qizning onasi, oliy ma’lumotli hunarmand ayol. 8 yil oldin taqinchoq yasashni o‘rgangan — bugun o‘z hunari orqali zakazlar olib, pul topadi va biror marta ham ishga chiqmagan.

Ta’lim

2022-yilda ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishini tamomlagan.

Halol mehnat tarbiyasi

10 yoshida otasidan ayrilgan. Onasi 3 qizni yolg‘iz, halol mehnat bilan katta qilgan. Bolaligi paxta terib, olma uzib pul topish bilan o‘tgan.

Bugungi hayoti

Hozir Navoiy shahrida yashaydi. Turmush o‘rtog‘i bilan birga oilasining hayotini kundan-kunga yaxshilash uchun harakat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar

Instagramda 73 ming, YouTube’da 81 ming obunachisi bor.

Blog mazmuni

Telegram blogida motivatsiya, hunar orqali daromad topish yo‘li va oddiy hayotni orzudagi hayotga aylantirish hikoyasini ulashadi.

Telegram blogga o‘tish

Xrustal brendi asoschisi

O‘z qo‘l mehnatidan nafis taqinchoqlar brendini yaratgan va uni platformaga aylantirgan ustoz.

Taqinchoq yasash ustozi

Toj, sirg‘a, marjon va boshqa nafis bezaklarni yasash sirlarini amaliy ko‘rsatib o‘rgatadi.

Video darslar muallifi

Bosqichma-bosqich video darslar orqali noldan boshlab hunarni o‘rgatadi.

Hunardan daromadga

Katta Xrustal kursida sotuvni yo‘lga qo‘yish va shaxsiy brend yaratishni ham o‘rgatadi.

Xrustal brend tarixi